Yangiliklar
“Salomatlik uchun besh ming qadam” 17.08.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 92-sonli qarorining, 3-ilovasi 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Qibray tuman Navro‘z mahallasi raisi A.Abdualibekov, mahalla “Keksalar maslahati” guruhi raisi Sh.Mirzaahmedova tashabbusi bilan mahalla nuroniylari, o‘rta avlod vakillari ishtirokida “Salomatlik uchun besh ming qadam” marafoni o‘tkazildi.

Mehnatdan qadr topgan nuroniylar 17.08.2023

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining qarori bilan turli sohalarda Vatanimiz taraqqiyoti, oilalar mustahkamligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan nafaqa yoshidagi mingdan ziyod hamyurtlarimiz I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul 16.08.2023

Navoiy shahridagi yoshlar markazida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Keksalar ulug‘langan yurtda fayzu baraka unadi 10.03.2023

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Oqsaroy” tantanalar uyida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida viloyatda uzoq yillar yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida mehnat qilgan nuroniylar, ayni paytda mehnat qilayotgan o‘rta avlod vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Faxriylar sanoat zonasida 09.03.2023

"Uch avlod uchrashuvi" ishtirokchilari "Barkamol avlod" yoshlar kichik sanoat zonasida bo‘ldilar. Dastlab "Master class dizayn" MChJda bo‘lib bejirim poyabzallar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Loyiha qiymati qariyb 15 mlrd. so‘m bo‘lgan korxona yiliga 10 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Buning uchun 300 nafarga yaqin hunarmand yoshlar ishli bo‘ladi.

NAVOIY ShAHRIDA «UCh AVLOD» UChRAShUVI BO‘LIB O‘TDI 09.03.2023

Tadbirda viloyatimizda uzoq yillar davomida yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksa, o‘rta avlod vakillari hamda mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan navqiron yoshlari taklif qilindi.

SAMARQAND VILOYATI 09.03.2023

"UCH AVLOD UCHRASHUVI".

Navoiy shahridagi “Tinchlik” tantanalar majmuasida “Nuroniylarga ehtirom” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boshlanmoqda. 08.03.2023

Tadbir avvalida viloyatimiz ravnaqi yoʼlida turli sohalarda mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar, bugun oramizda yoʼq faxriylarimizning yaqinlari, faollar va yoshlar vakillari shahar markazida qad rostlagan Аlisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʼyib, buyuk shoir ruhiga ehtirom koʼrsatildi.

Qorakoʼl tumanida «Uch avlod uchrashuvi» oʼtkazildi. 08.03.2023

Soʼngi yillarda Yurtimizda goʼzal anʼanaga aylangan tarix, bugun va kelajakni oʼzida mujassam etgan «Uch avlod uchrashuvi» maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari tumandoshlarimiz hayotida ham juda katta ahamiyat kasb etib bormoqda.

FAXRIYLAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI 07.03.2023

Xabaringiz bor, o‘tgan haftada O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida partiya qoshida Faxriylar Kengashini tuzish hamda uning tarkibini tasdiqlash masalasi muhokama qilingan edi.

Bahor va yasharish, goʼzallik va nafosat bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʼishlangan tadbir Urganch shahridagi 6-son umumtaʼlim maktabida oʼtkazildi. 07.03.2023

Bayram tadbiriga "Maʼrifat" va "Jingavuz" mahallaridagi oqila ayollar harakati faolari va yoshi ulugʼ faxriy onaxonlar taklif etildi.

OʼzLiDeP Chilonzor tumani Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi 07.03.2023

Chilonzor tuman hokimligi Mahalla va Nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi hamda Chilonzor tumani “Gavhar” MFY bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida “Nuroniylar el ardogʼida” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Surxondaryoda “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi 05.03.2023

Bugun Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida viloyatimiz shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan nuroniy otaxon va onaxonlar, davlat mukofotlari sohiblari, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, ijtimoiy soha ilg‘orlari, ijodiy tashkilotlar vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Ayollar 04.03.2023

Bugun tumanimizning quyidagi 20 ta mahallalarida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" shodiyonalari nishonlandi:

XAZORASP TUMANIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI 04.03.2023

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan nuroniylarning chuqur bilimi va boy hayotiy tajribasidan unumli foydalangan holda navqiron avlod maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash, nuroniylar va yoshlarning uzviy hamkorligini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda "Uch avlod uchrashuvi" tadbirlarini yangicha mazmun-mohiyat bilan boyitgan holda o‘tkazib borish anʼana tusini oldi. “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi, hududlardagi “Nuroniylar jamoatchilik kengashlari” hamda “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik tuzilmasi tashabbusi bilan o‘tkazib kelanyotgan “Uch avlod uchrashuvi” maʼrifiy tadbirlari shukuhi butun mamlakatimiz hududlarini qamrab oldi.

Chirchiqda “Uch avlod uchrashuvi” koʻtarinki ruhda oʻtdi 04.03.2023

Uch avlod uchrashuvi — bu uch davr kishilarining hayot tajribalari, mashaqqat va gʻalabalari, insonparvarlik va milliy anʼanalari jam boʻladigan tarixiy jarayon.

QАHRАMONLАR IBRАTI 03.03.2023

Namangan Davlat Universitetida oʼtkazilgan "uch avlod uchrashuvi"

NURONIYLAR “YASHIL MAKON” AKSIYASINI BOSHLAB BERISHDI 02.03.2023

“Nuroniy” jamg‘armasi respublika Boshqaruvida “Yashil Makon o‘z hududimizdan boshlanadi” shiori doirasida «Yashil makon” loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi va mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekildi.

“Uch avlod uchrashuvi” 02.03.2023

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 3-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida joriy yil 28 fevral kuni Nuroniylar jamoatchilik Kengashining tashabbusi bilan navbatdagi "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. 30 nafar nuroniylar va faxriylar, 45 nafar bugungi kun yaratuvchilari va Ustozlar hamda MFY raisi va mutasaddilarini o‘quvchi yoshlar tantanali kutib oldilar. Avvalo, tadbir ishtirokchilari maktabda tashkil etilgan to‘garaklar, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlar bilan tanishdilar. Tikuvchilik, gul yasash, pishiriqlar tayyorlash, mehmon kutib olish, duradgorlik, sartaroshlik kabi 60 tadan ortiq kasblarni egallash jarayonlari bilan tanishdilar. Asosiy tadbir maktab faollari zalida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tuman NJK raisi A.Mamajanov tadbir ishtirokchilarni tabriklab, kechani ochib berdi. Viloyat Nuroniylar kengashi masʼul xodimi A.Boltaboyev Yurtboshimizning tashabbuslari bilan tizimli o‘tkazilayotgan "Uch avlod uchrashuvlari"ning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Farzandlar tarbiyasida nuroniylarning boy tajribasi katta ahamiyat kasb etishi eʼtirof etildi. Salom berish odobi, ota-onalar va ustozlarni hurmat qilish, har bir yosh qalbida vatanparvarlik hissini jo etish kerakligi o‘qtirildi. Nuroniylar o‘zlarining hayot tajribalarini so‘zlab berdilar. Xalq deputatlari viloyat Kengashi aʼzosi , deputat- "Vatanparvar" tashkiloti boshlig‘i M.Norxonova. mehnat faxriysi A.Abdumutalov va boshqalar bugungi dorilzamon kunlar qadriga yetish, ona-Vatan ravnaqi uchun barcha daxldorligi, mamlakat rivojiga barcha kamarbasta bo‘lishi kerakligini o‘qtirdilar. Kuy-qo‘shiqlarga ulandi, o‘quvchilar ona-Vatan, ota-onalar va faxriylarni madh etuvchi sheʼr va qo‘shiqlarni ijro etdilar. Maktabda tashkil etilgan fan olimpiyadasi g‘oliblariga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Maktab direktori O.Tursunova va bir guruh o‘quvchilar tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildirgan holda yaxshi o‘qishga, namunali-intizomli, chet tillarni va kasb-hunarni egallagan "Barkamol avlodni" voyaga yetkazishga vaʼda berdilar. Tadbir OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

"Jonajon yurtim farovonligiga hissa qo‘shaman” 02.03.2023

Shiori ostida barcha ovul va mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi tashabbusi bilan “Jonajon yurtim farovonligiga hissa qo‘shaman” shiori ostida Amudaryo tumanining barcha ovul va mahallalarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in boshlab yuborildi. Jumladan, 25 fevral kuni tumanning Olmazor mahallasida bo‘lib o‘tgan hashar ham yosh avlod qalbida milliy anʼanalarimizni qadrlashga, muqaddas qadriyatlarimizni mustahkamlashga xizmat qildi.