"UCH AVLOD UCHRASHUVI".
Bugun "Nuroniy" jamg'armasi viloyat bo'limi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi "Grant Sultan" bazmgohida "Yangi O'zbekistonda erkin va faravon yashaylik" shiori ostida " Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tmoqda. Tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov va O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasi raisi o'rinbosari M.Umarov so'zga chiqib barchani ushbu tadbir bilan muborakbod etdilar.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, tadbir avvalida tashrif buyurgan uch avlod vakillari ko'hna "Boqiy shahar" ga olib borildi.
Tadbir haqida to'liq ma' lumotlarni keyingi sahifalarimiz orqaki berib boramiz.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek "Nuroniy" jamg'armasi viloyat bo'limi tashabbusi bilan o'tkazilgan bu tadbir kutarinki ruhda bo'lib o'tdi. Tadbirda 240 nafardan ortiq ishtirokchilar ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida sosialistik mehnat qahramolaridan marhumlar Kattaqurg'onlik H.Normurodov, Jomboylik A.Ergashev, Ishtixonlik M.Juraev hamda Pastdargomlik B.Kumakovlarning hayot tajribalari aks ettirilgan videolavhalar namoyish etildi.
Shuningdek, jamg'arma tamonidan utgan yilda amalga oshirilgan ishlarining qisqacha hisoboti ham tasvirlar asosida namoish etildi. Tadbirda nuroniylarimizdan mehnat faxriylari A.Mardiev, T, Xudoynazarov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira X,Bobomurodova, "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti cohibasi F,Xudoyorova va boshqalar so'zga chiqishib mutabar keksalarning nasihatlari, duolari bilan hayotimiz fayzli, yurtimiz tinch va obod, xonadonlarimizda qut-baraka barqarorligi, qarisi bor uyning parisi borligi alohida ta'kidlab o'tildi.
Uch avlod vakillari dasturxon atrofida bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdilar.
Taniqli san'atkorlar ijrosida kuy, qo'shiq va raqslar kechaga yanada fayz bag'ishladi.
Uch avlod vakillarining barchasi jamg'armaning gul buketlari va qimmatbaho estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Bir so'z bilan aytganda ushbu tadbir yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.