O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 92-sonli qarorining, 3-ilovasi 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Qibray tuman Navro‘z mahallasi raisi A.Abdualibekov, mahalla “Keksalar maslahati” guruhi raisi Sh.Mirzaahmedova tashabbusi bilan mahalla nuroniylari, o‘rta avlod vakillari ishtirokida “Salomatlik uchun besh ming qadam” marafoni o‘tkazildi.
Mazkur marafon badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlanib, Navro‘z mahallasining "Ibn Sino" va "Xurriyat" ko‘chalari bo‘ylab davom ettirildi.
Muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oladi va tanadagi ortiqcha kaloriyani yo‘qotishda yordam beradi. Shunday ekan, hayotingizning birlamchi muhim omili bo‘lgan sog‘ligingizga vaqtida e’tibor qarating.