Yangiliklar
Navoiy shahridagi “Tinchlik” tantanalar majmuasida “Nuroniylarga ehtirom” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boshlanmoqda. 08.03.2023

Tadbir avvalida viloyatimiz ravnaqi yoʼlida turli sohalarda mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar, bugun oramizda yoʼq faxriylarimizning yaqinlari, faollar va yoshlar vakillari shahar markazida qad rostlagan Аlisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʼyib, buyuk shoir ruhiga ehtirom koʼrsatildi.

Tadbirning Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining youtube kanalida va Facebook tarmogʼidagi rasmiy sahifasida toʼgʼridan-toʼgʼri namoyish etiladi.

Birozdan keyin internet tarmogʼidagi rasmiy sahifalarimizning quyidagi havolalari orqali toʼgʼridan toʼgʼri tomosha qiling.

“Nuroniylarga ehtirom” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiridan koʼzlangan asosiy maqsad Prezidentimizning inson qadrini ulugʼlash va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash hamda ularga ehtirom koʼrsatish borasidagi daʼvatlariga javob, shu bilan birga, koʼpmillatli xalqimizning ahil turmushini yanada mustahkamlash, oʼzaro totuvlikda Yangi Oʼzbekistonni barpo etish yoʼlidagi fidokorona mehnatlarini eʼtirof etish, yosh avlodga oʼrnak qilib koʼrsatishdan iboratdir.

Navoiy shahridagi “Tinchlik” tantanalar majmuasida “Nuroniylarga ehtirom” kechasiga taklif etilgan mehmonlar – yurt ravnaqi yoʼlida turli sohalarda mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlar, bugun oramizda yoʼq faxriylarning yaqinlarini yosh avlod vakillari orkestr ijrosidagi quvnoq musiqa va guldastalar bilan kutib oldilar.

Nuroniy avlod bilan diydorlashuv va eʼzoz tadbiri inson qadri ulugʼlanayotgan jamiyatimizda Navoiy viloyatining har tomonlama rivojlanishida oʼzining munosib hissasini qoʼshgan fidoyi insonlar, mehnat faxriylari va ularning yaqinlariga koʼrsatilayotgan eʼzoz va ehtiromning kamtarona namunasi boʼldi.

Viloyat rahbari Normat Tursunov ishtirokchilar oldida nutq soʼzlab, oʼz mehnati bilan davlatimiz eʼtirofiga erishgan faxriylarga, bugun oramizda yoʼq viloyat faxri boʼlgan fidoyi insonlarning yaqinlariga ehtirom bildirdi.

Turli nozu neʼmatlar bilan bezatilgan toʼkin dasturxon atrofida yigʼilgan aziz mehmonlar respublikamizda taniqli sanʼatkorlarning dilbar kuy-qoʼshiqlari va raqslaridan bahramand boʼlib, fayzli suhbatlar qurdilar.

“Nuroniylarga ehtirom” tadbiri va uchrashuv yakunidagi mushakbozlik jarayonlari aks etgan fotolavhalar.

So'ngi yangiliklar