Yangiliklar
“Uch avlod uchrashuvi” 02.03.2023

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 3-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida joriy yil 28 fevral kuni Nuroniylar jamoatchilik Kengashining tashabbusi bilan navbatdagi "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. 30 nafar nuroniylar va faxriylar, 45 nafar bugungi kun yaratuvchilari va Ustozlar hamda MFY raisi va mutasaddilarini o‘quvchi yoshlar tantanali kutib oldilar. Avvalo, tadbir ishtirokchilari maktabda tashkil etilgan to‘garaklar, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlar bilan tanishdilar. Tikuvchilik, gul yasash, pishiriqlar tayyorlash, mehmon kutib olish, duradgorlik, sartaroshlik kabi 60 tadan ortiq kasblarni egallash jarayonlari bilan tanishdilar. Asosiy tadbir maktab faollari zalida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tuman NJK raisi A.Mamajanov tadbir ishtirokchilarni tabriklab, kechani ochib berdi. Viloyat Nuroniylar kengashi masʼul xodimi A.Boltaboyev Yurtboshimizning tashabbuslari bilan tizimli o‘tkazilayotgan "Uch avlod uchrashuvlari"ning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Farzandlar tarbiyasida nuroniylarning boy tajribasi katta ahamiyat kasb etishi eʼtirof etildi. Salom berish odobi, ota-onalar va ustozlarni hurmat qilish, har bir yosh qalbida vatanparvarlik hissini jo etish kerakligi o‘qtirildi. Nuroniylar o‘zlarining hayot tajribalarini so‘zlab berdilar. Xalq deputatlari viloyat Kengashi aʼzosi , deputat- "Vatanparvar" tashkiloti boshlig‘i M.Norxonova. mehnat faxriysi A.Abdumutalov va boshqalar bugungi dorilzamon kunlar qadriga yetish, ona-Vatan ravnaqi uchun barcha daxldorligi, mamlakat rivojiga barcha kamarbasta bo‘lishi kerakligini o‘qtirdilar. Kuy-qo‘shiqlarga ulandi, o‘quvchilar ona-Vatan, ota-onalar va faxriylarni madh etuvchi sheʼr va qo‘shiqlarni ijro etdilar. Maktabda tashkil etilgan fan olimpiyadasi g‘oliblariga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Maktab direktori O.Tursunova va bir guruh o‘quvchilar tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildirgan holda yaxshi o‘qishga, namunali-intizomli, chet tillarni va kasb-hunarni egallagan "Barkamol avlodni" voyaga yetkazishga vaʼda berdilar. Tadbir OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

So'ngi yangiliklar