Bayram tadbiriga "Maʼrifat" va "Jingavuz" mahallaridagi oqila ayollar harakati faolari va yoshi ulugʼ faxriy onaxonlar taklif etildi.
Xalq deputatlari viloyatKengashi deputati Muborak Jumaniyozova va O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Аyollarning siyosiy faolligi jamiyatdagi oʼrni va mavqeini oshirish boʼlimi mudiri Аzada Bazarbaevalar tadbir ishtirokchilarini 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutladi. Oila va jamiyatni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari eʼtirof etilib, ularga partiyaning tashakkurnoma va esdalik sovgʼalari topshirildi.
Tadbir davomida onaxonlar va ayollar uchun maktab oʼquvchilari tomonidan bayram dasturi, kuy-qoʼshiqlar namoyish etildi.