Yangiliklar
Farg'ona viloyati O'zbekiston Tumanida "Uch Avlod Uchrashuvi" bo'lib o'tdi 27.02.2023

Mahallalarda mana shunday fayzli uchrashuvlar tez-tez oʻtkazib turilsa, yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy taʻsir qilar edi.

“Uch avlod uchrashuvi” 20.02.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida temuriy shahzoda, Boburiylar sulolasi asoschisi, buyuk podshoh, o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin vakili, san’atshunos, elshunos olim Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda boburshunos va sharqshunos olimlar, O‘zbekiston Qahramoni, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi raisi, senator Sodiqjon Turdiev, Qonunchilik palatasi deputati shoir Iqbol Mirzo, tarix fanlari doktori, professor I.Bekmirzaev, O‘zbekiston xalq artisti Z.Suyunova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist I.Arabov, mehnat faxriylari, nuroniylar, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari, va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, shoirlar va uzoq yillar jamiyatimiz taraqqiyoti yo‘lida fidoiylik bilan mehnat qilgan O‘zbekiston Qahramonlari madaniyat va san’at arboblari Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida so‘zlab, uning zakovati, dahosi yoshlarga ibrat maktabi ekanini alohida e’tirof etishdi. Ayniqsa jahon adabiyoti va manbashunosligidagi eng muhim, noyob yodgorliklardan biri, o‘zbek adabiyotidagi dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar hisoblanmish «Boburnoma»ni o‘qib o‘rganish, yoshlarni vatanparvarlik turhida tarbiyalashda muhim ag‘amiyat kasb etishi, ma’naviyat, tarbiya, ma’rifat va madaniyat vositasidagi bunday uchrashuvlar ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarga katta ishonch bildirilayotgani, ularni Ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida bilimli, salohiyatli, oqil va zakovatli qilib tarbiyalashga, yoshlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, bilim olishi, kasb-hunarli bo‘lishi va jamiyat hayotidan munosib o‘rin egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar alohida e’tirof etib o‘tildi.

Avlodlar estafetasi 19.02.2023

2023 yilning 7 fevralь kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining anjumanlar zalida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari doirasida O‘zbekiston Qahramonlari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Uch Avlod Uchrashuvi 18.02.2023

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI NAVOIY AKADEMIK LITSEYIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI"

Oʼzbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi tashkil topganligining 29 yilligi hamda Cheklangan kontingent harbiy qismlarini Аfgʼoniston hududidan olib chiqqanligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 18.02.2023

1979-1989 yillar davomida afgʼon yurtiga minglab vatandoshlarimiz harbiy xizmatga va mehnatga safarbar etilgan. Unda Mustaqil davlatlar hamdoʼstligi hududidan harbiylar, militsiya, maxsus xizmatlar va fuqarolar mehnat otryadlarini hisobga olgan holda Respublikamizdan 850 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Xususan, janglarda Chust tumanidan ham 420 nafar yigitlar ishtirok etdi, 12 nafar jangchilar jang maydonlarida halok boʼlishdi va 408 nafari qaytib kelgan.

SAMARQAND VILOYATI. 28.12.2022

SAMARQAND VILOYATI. Samarqand tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tumanimizni har tomonlama rivojlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimiz, shu jumladan, korxona tashkilot rahbarlari, ishchi xodimlar, deputatlar va tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari munosib taqdirlandi. “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlarini viloyat hokimning birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov hamda tuman hokimi S.Usmanovlar o‘z egalariga topshirishdi. Quvonchli tamoni shundaki, taqdirlanganlar orasida 18 nafar nuroniylar borligi ularga nisbatan chuqur hurmat va e'tibordir.

Xalq roziligi: sho‘rqishloqliklarning ko‘p yillik orzusi ushaldi 28.12.2022

💠Xabar berilganidek, Prezidentimiz topshirig‘iga asosan, 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi a'zolari viloyatlarda sharoiti og‘ir bo‘lgan eng chekka qishloqlarda bo‘lishib, aholining kundalik kayfiyatiga bevosita ta'sir ko‘rsatayotgan eng dolzarb muammolarni o‘rganish orqali 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha Andijon viloyati Asaka tumanida ham o‘rganish ishlari olib borishgan edi. O‘rganishlar natijasida aholining e'tirozlariga sabab bo‘layotgan, aholini qiynab kelayotgan masalalar tinglangan edi.

Zarafshon shahar"Quruvchi" mahallasi 22.11.2022

Zarafshon shahar"Quruvchi" mahalla fuqarolar yig'inida 2020-yil 28-maydagi "Keksalarni davlat tamonidan qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi 340-sonli qaroriga asosan har hili noyobr oyi "Keksalar uchun turizim oyligi" etib belgilab qo'yilgan. Shu munosabat bilan hududda yashovchi keksa nuroniylarga sayohatlar tashkil etildi hamda bir payola choy ustida dasturhon tashkil etilib suyhbatlar uyushtirildi.

“KEKSALAR UCHUN TURIZM OYLIGI” QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA! 19.11.2022

Keksalarimizni e'zozlash, har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning katta hayotiy tajribalaridan oqilona foydalangan holda, ijtimoiy faolligini yanada oshirish borasida bugungi kunda yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 19 noyabr' kuni Sariosiyo tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lim tashabbusi bilan tuman xududida istiqomat qiluvchi keksa avlod vakillari, yoshlar ishtirokida shaxmat - shashka musobakalari o‘tkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayorogʼi 31 yilligi qutlugʼ boʼlsin 18.11.2022

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayorogʼi qabul qilinganiga 31 yilligi munosabati bilan Yangiobod tumanida mahalla maslaxatchisi boshchiligida Yoshlar, uyushmagan yoshlar va mahalladagi fuqarolar hamda tuman sport boʼlimi bilan birgalikda "Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida marafon boʼlib oʼtdi.

Sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish marafoni 17.11.2022

Jizzax viloyatida keksalar ishtirokida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish boʼyicha marafon boʼlib oʼtdi. Turnir qatnashchilari bir qator sovrinlar bilan taqdirlandi.

Samarqand viloyati Bulungʼur tumanida "Turizm oyligi" 15.11.2022

Samarqand viloyati Bulungʼur tumanida 16 noyabrь kuni "Turizm oyligi "doirasida tuman nuroniylar maskanida nuroniylar va yoshlar oʼrtasida shaxmat turniri boʼlib oʼtdi.Turnir qatnashuvchilariga bir piyola choy , birinchi ,ikkinchi va uchunchi oʼrinni egallagan sovrindorlarga sovgʼa salomlar berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi, Gulobod MFYda! 07.11.2022

Bugun, Davlatobod tumani faollari, mahalla oqsoqollari hamda MFY xodimlari ishtirokida, o‘zining asalchilari hamda asalchilik markazlari bilan mashxur tumanning Gulobod MFY hududida "Yashil makon" "Dolzarb 40 kunlik" ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi. Unda Mahalla hayriya jamoat fondi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari hamda mahalla fuqarolari bilan ko‘ngillilar ishtirokida yo‘l chetlariga 500 dan ortiq shamshod ko‘chati, 50 dan ortiq mevali daraxtlar, 30 dan ortiq archa ko‘chatlari ekildi.

"HAM SAYOHAT, HAM ZIYORAT" 05.11.2022

Boysun tumani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi "Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 340-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 27 oktyabr 2022 yildagi 9-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tumanda yashovchi bir guruh otaxon va onaxonlar Samarqand shahriga borib sayohat hamda ziyorat qilib keldilar.Nuroniylarimiz mamlakat tinchligi, el-yurt farovonligi uchun duolar qilib, shukronalar keltirdilar.

🔘 Kosonsoylik keksalar sayohatga chiqishdi 03.11.2022

▫️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-sonli qaroriga asosan 1 noyabrdan 30 noyabrga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi”ni o‘tkazish an'anaga aylangan.

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 20 maydagi 340-sonli karoriga asosan 1-30 noyabr kunlari "Keksalar uchun turizm" oyligi 01.11.2022

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 20 maydagi 340-sonli karoriga asosan 1-30 noyabr kunlari "Keksalar uchun turizm" oyligi deb belgilangani munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan 02-04 noyabr' kunlari To‘rtko‘l tumanidan maxalla va ovullarda "Bir nuroniy 10 yoshga ma'sul" loyixasi buyicha jamoatchilik asosida ish olib borayotgan 25 nafar nuroniylar uchun Buxoro shahriga sayohat tashkil kilinib, nuroniylar Buxoro shahrining "Moxi xosa",Eski shaxar,"Minorai kalon","Ark","Labi Xavuz" tarixiy obidalariga, Said Amir Kulol, Xazrat Baxovaddin Nakshbandiy zieratgoxlariga sayohat qildilar.

«Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» 20.10.2022

Bugun, Mingbuloq tumani 2 sonli kasb-hunar maktabida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Mingbuloq tuman bo‘limi rahbari Jo‘raboeva Dilfuza, Mingbuloq tuman bosh Otinoyisi Qodirova Xamidaxon xoji ona va Mingbuloq tuman targ‘ibot guruhi raxbari, Mingbuloq tuman kengashi deputati Anafiyaeva Yulduzxon, Mingbuloq tuman Nuroniylar kengashi raisi Saitmurodova Mahsuda, Mingbuloq tuman Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori Kenjaev Mirzohid, Qolgandaryo Jome' masjidi imom-noibi Tojiboev Toxirjonlar ishtirokida «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Germaniya Federativ Respublikasi “Xanns Zaydel” jamg‘armasi delegasiya a'zolari mahalla tizimini takomillashtirish maqsadida Samarqandga tashrif buyurdi 20.10.2022

Germaniya Federativ Respublikasi “Xanns Zaydel” jamg‘armasi delegasiya a'zolari jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ofis rahbari Javhar Do‘stov va "Xanns Zaydel” jamg‘armasining O‘rta Osiyo bo‘yicha rahbari janob Maks Georg Mayer mahalla tizimini takomillashtirish maqsadida Samarqandga tashrif buyurdi. Viloyatda mahalla tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib o‘z fikr mulohazalarini bayon etdi.

Bobom, Buvim va Men - kitobxon oila. 19.10.2022

Yunusobod tumani Nuroniylar kengashi raisi va a'zolari, "Islomobod" mahallasi raisi va faol nuroniylari, 72- umumta'lim maktabi rahbariyati, jamoasi hamkorlikida "Bobom, Buvim va men - kitobxon oila" mavzusida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda 19.10.2022

Davlat rahbari boshchiligida 2022 yil 11 oktyabr' kuni “Mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash  maqsadida Qarshi shahrida joylashgan mahallalarning ma'muriy binolari, ularning yon atroflarida gul va daraxt ko‘chatlarini ekish hamda gul urug‘larini qadash uchun maydonlarni tartibga  keltirish ishlari boshlab yuborilgan.