Yunusobod tumani Nuroniylar kengashi raisi va a'zolari, "Islomobod" mahallasi raisi va faol nuroniylari, 72- umumta'lim maktabi rahbariyati, jamoasi hamkorlikida "Bobom, Buvim va men - kitobxon oila" mavzusida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda nuroniylar o‘quvchilarga kitobni sevishni, unga mehr qo‘yishni, hamda e'tiborli bo‘lishni ta'kidladilar.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Tadbir o‘quvchilar qalbida ilm, ma'rifat va Vatanga sadoqatni uyg‘otdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.