▫️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-sonli qaroriga asosan 1 noyabrdan 30 noyabrga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi”ni o‘tkazish an'anaga aylangan.
Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi hamda Kosonsoy tuman hokimligining tashabbusi bilan keksalar, faxriylar uchun Farg‘ona shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil qilindi.
Bugungi kunda texnika rivojlangan vaqtda ham bu qiziqish kamaymagan, Farg‘ona viloyati bo‘ylab sayohatlari keksalarimiz hayotida esdan chiqmaydigan vaqe'lik bo‘ldi.
“Keksalar uchun turizm oyligi” tadbirlari viloyatimizning barcha tumanlari bo‘yicha o‘tkazilishi va Farg‘ona vodiysining tabiatiga go‘zal go‘shalarga ham inson qo‘li bilan yaratilgan diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtirilishi davom etmoqda.