Yangiliklar
“Uch avlod uchrashuvi” 20.02.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida temuriy shahzoda, Boburiylar sulolasi asoschisi, buyuk podshoh, o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin vakili, san’atshunos, elshunos olim Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda boburshunos va sharqshunos olimlar, O‘zbekiston Qahramoni, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi raisi, senator Sodiqjon Turdiev, Qonunchilik palatasi deputati shoir Iqbol Mirzo, tarix fanlari doktori, professor I.Bekmirzaev, O‘zbekiston xalq artisti Z.Suyunova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist I.Arabov, mehnat faxriylari, nuroniylar, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari, va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, shoirlar va uzoq yillar jamiyatimiz taraqqiyoti yo‘lida fidoiylik bilan mehnat qilgan O‘zbekiston Qahramonlari madaniyat va san’at arboblari Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida so‘zlab, uning zakovati, dahosi yoshlarga ibrat maktabi ekanini alohida e’tirof etishdi. Ayniqsa jahon adabiyoti va manbashunosligidagi eng muhim, noyob yodgorliklardan biri, o‘zbek adabiyotidagi dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar hisoblanmish «Boburnoma»ni o‘qib o‘rganish, yoshlarni vatanparvarlik turhida tarbiyalashda muhim ag‘amiyat kasb etishi, ma’naviyat, tarbiya, ma’rifat va madaniyat vositasidagi bunday uchrashuvlar ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarga katta ishonch bildirilayotgani, ularni Ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida bilimli, salohiyatli, oqil va zakovatli qilib tarbiyalashga, yoshlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, bilim olishi, kasb-hunarli bo‘lishi va jamiyat hayotidan munosib o‘rin egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar alohida e’tirof etib o‘tildi.

So'ngi yangiliklar