Bugun, Mingbuloq tumani 2 sonli kasb-hunar maktabida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Mingbuloq tuman bo‘limi rahbari Jo‘raboeva Dilfuza, Mingbuloq tuman bosh Otinoyisi Qodirova Xamidaxon xoji ona va Mingbuloq tuman targ‘ibot guruhi raxbari, Mingbuloq tuman kengashi deputati Anafiyaeva Yulduzxon, Mingbuloq tuman Nuroniylar kengashi raisi Saitmurodova Mahsuda, Mingbuloq tuman Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori Kenjaev Mirzohid, Qolgandaryo Jome' masjidi imom-noibi Tojiboev Toxirjonlar ishtirokida «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, ma'puzachilar tomonidan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, jaholatga qarshi ma'rifat va erta turmushni oldini olish bo‘yicha fikrlar bildirildi.