Keksalarimizni e'zozlash, har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning katta hayotiy tajribalaridan oqilona foydalangan holda, ijtimoiy faolligini yanada oshirish borasida bugungi kunda yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 19 noyabr' kuni Sariosiyo tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lim tashabbusi bilan tuman xududida istiqomat qiluvchi keksa avlod vakillari, yoshlar ishtirokida shaxmat - shashka musobakalari o‘tkazildi.