Yangiliklar
NAVOIY ShAHRIDA «UCh AVLOD» UChRAShUVI BO‘LIB O‘TDI 09.03.2023

Tadbirda viloyatimizda uzoq yillar davomida yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksa, o‘rta avlod vakillari hamda mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan navqiron yoshlari taklif qilindi.

Bu tadbir viloyatimizning barcha mahallalarda yuqori kayfiyatda tashkil etilayotgani esa yanada ahamiyatlidir.


 

Uchrashuvda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

- Shu o‘rinda alohida e'tirof etish kerakki, viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘shgan salohiyatli rahbarlardan – Uvayt Asatov, G‘aybullo Dilov, Xayrullo Sa'diev, Abdrurazzoq Rashidov, Akram Aliqulov, Erdon Narbaev, Ravshan Rahmonov singari yurt fidoyilarining xizmatlarini bugungi avlod aslo unutmasligi kerak. Ularning turli sohalardagi mehnat matonatlarini, ko‘rsatgan jonbozliklarini yoshlarimizga har tomonlama ibrat qilsak arziydi, albatta.

Darhaqiqat, keksalari bor xonadonda quvonch, fayzu baraka, xotirjamlik bor. Keksalarga ehtirom, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish esa azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Dastlab uchrashuvda viloyat hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, nuroniylarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar, yoshi ulug‘ insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, mehnat faxriylarini e’zozlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini ta’kidladi.

O‘z navbatida keksa otaxon va onaxonlarimiz ham yosh avlod vakillariga purma’no, hikmatlarga teng nasihatlarini berishdi va yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, tinchlik degan ulug‘ ne’matning qadriga yetish, el-yurt koriga yarash – ulug‘ va mas’uliyatli ish ekanligi haqida gapirib, hayotiy tajribalarini so‘zlab berdi.

 

– bugungi kunda biz, keksalarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yengilliklar, shart-sharoitlar uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, – deydi nurotalik mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Sharbat Muxtorova. – Ayniqsa, “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaror biz nuroniylarga bo‘lgan e’tiborning  amaldagi ifodasi bo‘ldi. Qaror bilan mahallalarda nuroniy va keksalar bilan ishlash tizimi yanada takomillashmoqda. Turli tadbirlar tashkil etilib, biz kabi nuroniylarga izzat-hurmat ko‘rsatilmoqda. 

– Bugun yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, – deydi xatirchilik Totliboy bobo Oqbo‘taev. – Qo‘shni davlatlarda bo‘layotgan voqea-hodisalarni televizorda ko‘rib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikka shukronalik keltirib o‘tribmiz. Farzandlarimizga, nevaralarimizga bu kunning qadriga yetish, chuqur bilim olgan holda halol mehnat qilib Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish lozimligi haqida nasihat qilamiz. Doimo yaxshi kunlar shukronasi uchun duodamiz.

Tadbirda yosh avlod vakillari ham so‘z olib, bildirilgan ishonch va ma’suliyatni his qilgan holda bobo va buvilari, ota-onalariga munosib farzand bo‘lishga va’da berdi.  

Bayramona dasturxon atrofida jam bo‘lgan tadbir ishtirokchilari xushovoz xonandalar, el ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan Vatanni, ona yurtni tarannum etuvchi dildortar kuy-qo‘shiqlarni tinglab, raqslarga tushdi.

Albatta, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarni ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada chuqur singdirishga, mehnat faxriylarining hayot maktabi bilan yaqindan tanishishga xizmat qiladi.

So'ngi yangiliklar