Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan nuroniylarning chuqur bilimi va boy hayotiy tajribasidan unumli foydalangan holda navqiron avlod maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash, nuroniylar va yoshlarning uzviy hamkorligini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda "Uch avlod uchrashuvi" tadbirlarini yangicha mazmun-mohiyat bilan boyitgan holda o‘tkazib borish anʼana tusini oldi. “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi, hududlardagi “Nuroniylar jamoatchilik kengashlari” hamda “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik tuzilmasi tashabbusi bilan o‘tkazib kelanyotgan “Uch avlod uchrashuvi” maʼrifiy tadbirlari shukuhi butun mamlakatimiz hududlarini qamrab oldi.
Xorazm viloyati Xazorasp tumani Shovot mahallasidagi 8-maktabda tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi”da “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik tuzimasi faollari bo‘lgan nuroniy onaxonlar, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirok etdi.
Qiziqarli maʼrifiy suhbat shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘z isteʼdodi, yutuqlarini namoyish etishdi. Uzoq yillar el-yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksa avlod vakillari yoshlarga ilmli-maʼrifatli bo‘lib, el-yurt xizmaiga bel bog‘lash sharafli yumush ekanini boy hayotiy tajribalari asosida tushuntirib berishdi.