Namangan Davlat Universitetida oʼtkazilgan "uch avlod uchrashuvi"
Узоқ йиллар давомидаги самарали меҳнатлари билан мамлакатимизнинг ижтимоий-иқтисодий тараққиётига, маънавий-маърифий соҳалар ривожига муносиб ҳисса қўшган ва айни пайтда ҳам мамлакатимиз ижтимоий ҳаётида фаол иштирок этиб келаётган нуронийларнинг ёшлар тарбиясидаги роли ниҳоятда катта, Кекса авлод вакилларининг ҳаёт йўли ҳақидаги ҳикоялари, маслаҳат ва ўгитлари орқали ёшларни ватанпарварлик руҳида билимли, салоҳиятли ва янги Ўзбекистон тараққиёти йўлида муносиб хизмат қиладиган кадрлар қилиб тарбиялашда ёшларда она Ватанга муҳаббат, садоқат руҳини шакллантиришда беқиёс аҳамият эга эканини мамлакатимиз раҳбари ҳам тез-тез таъкидлайдилар.
Namangan Davlat Universitetida oʼtkazilgan uch avlod uchrashuvi ayni shu maqsad yoʼlida tashkil etildi. Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi doirasida oʼtkazilgan uchrashuvda Oʼzbekiston qahramonlari Xalchaxon Mirzaeva hamda Oyshaxon Qoʼchqorova hamda professor oʼqituvchilar, keng jamoatchilik vakillari, talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda mehmonlar soʼnggi yillarda mamlkatimizda olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar va ularni amalga oshirishda har bir fuqaroning ijtimoiy faolligi juda muhim ekanligini alohida taʼkidladilar.
Oʼzbekiston qahramonlari oʼzlarining uzoq yillik kasbiy mahorati, hayotiy tajribalari xususida yoshlarga hikoya qilib berdilar. Ular yurtimizda inson qadrining ulugʼligi, keksa avlod vakillariga koʼrsatilayotgan hurmat va eʼtiborni shukronalik bilan eʼtirof etdilar.
Uchrashuvda talaba yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning har sohada peshqadam va yetuk shaxs boʼlishlari uchun zamin yaratadi. Ularning ibratli hayot yoʼllari kelgusi avlod vakillari uchun katta maktab vazifasini oʼtaydi.