Yangiliklar
Mahallarda infrotuzilmasini tubdan yaxshilash bo'yicha takliflar o'rganildi 18.10.2022

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas'ul xodimi S.Mirzaev, "Nuroniy" jamg‘armasi respublikasi boshqaruvi bo‘lim boshlig‘i M. Umarov, viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Z. O‘rinov hamda tuman bo‘limining mas'ullari boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, proflaktik inspektorlar va foal nuroniylar ishtirok etdi.

Ushbu yig‘ilishda ko‘zda tutilgan asosiy masala mahallalarda olib borilayotgan islohotlar, aholini kayfiyatiga ta'sir etuvchi birlamchi muammolar, "Tashabbusli byudjet" platformasidan maqsadli foydalanish, shuningdek, bu boradagi amaliy ishlarga mahallalarning beshtaligi bir musht bo‘lib, nuroniy otaxonu onaxonlar bilan hamjihatlikda ishlashlaridan iborat. Yakunda mahalla tizimini tubdan takomillashtirish, uning infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida amaliy tavsiyalar berildi.

So'ngi yangiliklar